17:03 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
740 0 0

Bugunning oʻzida 29 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 2 636 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 92 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 281  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 29  nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2 636 nafar.

Ayni paytda 644 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ahvoli ogʻir — 2 nafar. Oʻta ogʻir — 1 nafar.

Karantin choralari kuchaytiriladi

Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikada koʻpayganligi qayd etilayotgani munosabati bilan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish boʻyicha topshiriq berdi.

"Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yoʻqqa chiqarishi mumkin", - deb taʼkidlagan davlat rahbari.

Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolar soni 47 mingtani tashkil etmoqda. Ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan. 

Bemorlarning qariyb 50 %ni xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi. 

Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta koʻrib chiqib, karantin choralarini kuchaytirish boʻyicha taklif kiritadi.

Prezident Sogʻliqni saqlash vazirligi "qizil" va "sariq" hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi, bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi koʻp joylarda nazorat testlar olishni koʻpaytirishi haqida topshiriq berdi.

Ekspress usulda tekshirish

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov respublikda qachon ekspress usulda koronavirusga tekshirish yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.

Ekspres testlarning aksariyati koronavirus kasalligi bilan kasallanib sogʻayganlar qonida mazkur virusga qarshi antitelolar paydo boʻlganligini, ularning titrini aniqlashga qaratilgan.

Respublikadagi laboratoriya tashxisoti standartlarida ham ekspress usulda tekshirish mavjud.

Yaqin kunlarda antitelolarni aniqlash maqsadida ekspress testlarda ham tekshirishlar boshlanishi mumkin.

Jazirama “korona”ni toʻxtatadi

Hafta boshidan Oʻzbekistonga kirib kelgan issiq ob-havo COVID-19 faolligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimi Xayrulla Mustafayev.

"Oʻzbekistonda havo harorati moʻʼtadil yuqori darajalarga yetmoqda. Bunday sharoitda virus rivojlana olmaydi", - dedi Mustafayev. 

Mutaxassis fikriga koʻra, koronavirus 5-8 daraja issiqlikda va 60%dan kam boʻlmagan namlikda yashashi mumkin. Shu sababli virus namlik yuqori boʻlgan Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida paydo boʻlib rivojlangan. 

"Bizda esa, quruq va issiq ob-havo. Umuman barcha shamollash kasalliklari issiq havo kelishi bilan chekina boshlaydi", - deydi virusolog. 

Pandemiya sirli rasmlarda

Toshkentda InkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan rassom graffitlari Chilonzor devorlarida paydo boʻldi.

Rassomning ijod namunalari koronavirus mavzusiga bagʻishlangan: tibbiy niqob, farishta qanotli shifokor surati, niqob taqqan Mona Liza, kislorod niqobini ushlab turib, bemorlarga yordam berishga shay turgan shifokor aks etgan “Koʻz” nomli rasmlar. 

Qoʻshniga yordam

Oʻzbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamining navbatdagi partiyasini joʻnatdi. Yordam 24 tonnalik yuk dori-darmonlar, asosan antibiotiklardan iborat.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,6 milliondan oshdi, 348 ming kishi vafot etdi. 2,4 million kishi sogʻaydi.

Asosiy mavzular