TOShKENT, 27-may — Sputnik. Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etgan. Eng yuqori ishsizlik darajasi 9,8 foiz bilan Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
9,7 foiz bilan Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari keyingi o‘rinlarda qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, eng past ko‘rsatkich Toshkent shahrida (7,8 foiz) kuzatilgan. Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi (ishsizlar) soni 1,39 mln kishini tashkil etgan.