Toshkent - Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnay boshladi

© MintransportaNachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent
Nachal kursirovat dopolnitelniy poyezd Tashkent - Andijan - Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent va Andijon orasida qo‘shimcha poyezd qatnovi boshlandi. Poyezd maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan vaqtinchalik tartibga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Toshkent - Andijon yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi boshlandi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi matbuot xizmati. 

"2020 yil 26-maydan boshlab "Toshkent – Andijon – Toshkent" yo‘nalishida 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklandi", - deyilgan xabarda. 

Mazkur poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yo‘nalishlarda temir yo‘l qatnovlarini yo‘lga qo‘yishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. 

Yo‘lovchilar chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilishlari mumkin, faqat poyezdga chiqishdan oldin yo‘l varag‘ini to‘ldirishlari va Vaqtinchalik o‘rnatilgan tartibga xamda sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0