18:02 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
420 0 0

Peterburgda bir necha oʻzbekistonlik talaba va aspirantlar COVID-19 yuqtirib olganlik holatini yashirganlik uchun talabalar safidan chiqarilishi mumkin.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Peterburg davlat temir yoʻl universiteti (Peterburgskiy gosudarstvennыy universitet putey soobщeniya – PGUPS) oʻzbekistonlik bir necha talaba va aspirantlarni oʻzini oʻzi yakkalash rejimini buzganlik va COVID-19 yuqtirib olganlik holatini yashirganlik uchun talabalar safidan chiqarishi mumkin. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 7a yotoqxonasida istiqomat qiluvchi bir necha oʻzbekistonlik talaba va aspirantlar belgilangan talab va tavsiyalarga rioya qilmasliklari natijasida koronavirus yuqtirib olishgan. Ular koronavirusga mustaqil ravishda test topshirishgan. Keyin musbat chiqqan natija haqida taʼlim muassasa va yotoqxona masʼullariga xabar qilishmagan. Buning oqibatida ular kechikish bilan yotoqxonadagi boshqalardan yakkalangan.

Universitet tezkor shtabi ushbu vaziyatni yigʻilishda koʻrib chiqqan va rektor nomiga ushbu oʻzbekistonlik talabalarga “talabalar safidan chiqarishgacha” boʻlgan intizomiy chora koʻrishni soʻrab iltimosnoma kiritishgan.

Universitet maʼmuriyati yotoqxonada istiqomat qilayotgan talabalarga sanitar talablarga va yotoqxonada yashash qoidalariga soʻzsiz rioya qilish lozimligini eslatib oʻtgan.  

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular