"Avtosarguzashtlar" multfilmi teleekranlarga chiqadi

© QALAMPIR.UZUzbekkino snyalo multfilm pro avtomobili
Uzbekkino snyalo multfilm pro avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalarni himoya qilish kunida O‘zbekiston telekanallarida yangi «Avtosarguzashtlar” nomli o‘zbek multseriali namoyish etiladi.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. "O‘zbekkino" milliy agentligi yangi "Avtosarguzashtlar" - yangi multiplikatsion serialni taqdim etadi. Yangi serial 1-iyun – "Bolalarni himoya qilish kuni" efirga chiqadi

"Multfilmning bosh qahramonlari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Damas, Spark, Matiz, Laccetti, Captiva, Malibu, MAN yuk mashinasi, ISUZU avtobusi va boshqalardir. Ular yosh teletomoshabinlarning sevimli multqahramonlariga aylanadi", - deyilgan xabarda. 

Multiplikatsion serial 1-iyunda O‘zbekistonning «Oʻzbekiston», «Bolajon», «Oʻzbekiston tarixi», «Oilaviy», «Yoshlar», «Mahalla», «Sevimli TV», «ZOR TV», «MY5», «Milliy», "Uzbekistan-online.uz" kabi davlat va nodavlat telekanallarida namoyish etiladi.

Serialning har bir qismida quvnoq avtomobillarning sarguzashtlari va Toshkent shahrining go‘zal animatsion manzaralari aks ettirilgan. 

Ushbu multfilm nafaqat ko‘ngilochar, balki tarbiyaviy ahamiyatga x,am ega. Ya’ni uni ko‘rgan jajji tomoshabinlar chin do‘stlik, mehribonlik, mehnatkashlik, samimiylik, mas’uliyatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘rganadi. Shuningdek, ular yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

 

Yangiliklar lentasi
0