Birinchi sinfga qabul qachon boshlanadi – XTV javobi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPerviy zvonok v Tashkente
Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har yili 1-iyundan 31-avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan. Biroq pandemiya sababli bunga o‘zgartirish kiritildi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda birinchi sinfga qabul jarayoni iyul oyidan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti huzurida 30-aprelda o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga muvofiq, pandemiya ta’siri to‘liq bartaraf  etilguniga qadar  1-sinfga qabul jarayonlarini iyun oyidan iyul va avgust oyiga ko‘chirish belgilangan.

Buning natijasida:

  • ota-onalarning maktablarga tashrifini cheklash orqali karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
  • iyun oyida umumta’lim maktablari bitiruvchilarining hujjatlarini rasmiylashtirish bilan oliy o‘quv yurtiga hujjatlarni topshirishga tayyorlaydi;
  • 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanganidan so‘ng, maktab ma’muriyati orqali qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, har yili 1-iyundan 31-avgustga qadar respublikadagi barcha maktablarning 1-sinfiga qabul jarayonlari amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0