E’tiborsiz haydovchilar tufayli 100 nafarga yaqin fuqaro karantinga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishDezinfeksionnaya obrabotka v podyezde jilogo doma
Dezinfeksionnaya obrabotka v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadan kelgan haydovchilar belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan, chegara-nazorat posti avtoturargohidan uyiga chiqib ketishgan.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Andijonda koronavirusga chalingan haydovchilarning e’tiborsizligi  100 nafarga yaqin fuqaroning karantinga olinishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 22-may kuni Baliqchi tumanida yashovchi 50 yoshli R.R. Izboskan tumanida yashovchi 32 yoshli sherigi B.Q. bilan  birgalikda xalqaro yuk tashish avtomashinasida Rossiyadan Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi chegara-nazorat postiga yetib kelgan.

Stroiteli  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda koronavirus bemorlari uchun shifoxona qurilyapti

Shu kunning o‘zida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha postdagi SEOM xodimlari tomonidan har ikki haydovchidan koronavirus infeksiyasiga surtma olingan. Ertasiga, 23-may kuni B.Q. da gumon natija qayd etilganligi uchun takroran tahlil topshirgan, R.R.da esa kasallik aniqlanmagan.

Lekin haydovchilar belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan, chegara-nazorat posti avtoturargohidan uyiga  chiqib ketishgan.

Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan o‘tkazilgan tezkor qidiruv va epidemiologik surishtiruv natijasida har ikki haydovchining ham o‘z uylaridan topilgan.

Shu orada dastlab tahlil natijalari gumon qilingan B.Q.da ham, u bilan doimiy muloqotda bo‘lgan ikkinchi haydovchi R.R.da ham  koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Epidemiologik surushtiruv natijasida Izboskan va Baliqchi tumanida R.R. va B.Q. bilan muloqotda bo‘lgan barcha 100 nafarga yaqin fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Vazirlik yana bir bor barchadan uy karantini qoidalariga qat’iy amal qilishni, jamoat joylarida bo‘lganda yoki koronavirus infeksiyasi alomatlarini o‘zida sezganda darhol o‘zini yakkalab, shifokorga murojaat qilishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0