11:32 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
724 0 0

Bugunning oʻzida 35 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 2 694 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 82 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 437  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2 668 nafar.

Ayni paytda 729 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Koreyadan yordam

“Uzbekistan Airways” AJning yuk tashish charter reys bilan Janubiy Koreyadan navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi. Oʻzbekistonga 20 ta yarim avtomatik mexanizmli va koʻp funktsiyali tibbiy krovat Janubiy Koreyaning “Myung Sung Placon Co., Ltd” kompaniyasi koʻmagida olib kelindi.

Maktabga qabul

Bu yil Oʻzbekistonda birinchi sinfga qabul jarayoni iyul oyidan boshlanadi. Bu haqda quyidagi havolada batafsil oʻqishingiz mumkin.

Samarqandda katta qurilish

Samarqandda harbiy shaharcha hududida 100 kishilik shifoxona qurilyapti. Yangi majmuada turli kasalliklar, shu jumladan yuqumli kasalliklar - koronavirus davolanadi. Shifoxonada davolash va jonlantirish boʻlimlarini tashkil qilish koʻzda tutilgan.

Harbiy shaharchaning yondosh hududida 1000 kishilik karantin majmua qurilishi boshlandi.

Yuz kishi karantinga olindi

Koronavirusga chalingan ikki haydovchi sababli 100 ga yaqin kishi karantinga olindi.

22 may kuni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 50 yoshli R.R. Izboskan tumanida yashovchi sherigi, 32 yoshli B.Q. bilan  birgalikda xalqaro yuk tashish avtomashinasida Rossiyadan Toshkent viloyati Qibray tumani hududidagi chegara-nazorat postiga yetib kelgan. Shu kunning oʻzida har ikki haydovchidan koronavirus infektsiyasiga surtma olingan. Ertasiga, 23 may kuni B.Q. da gumon natija qayd etilganligi uchun takroran tahlil topshirgan, R.R.da esa kasallik aniqlanmagan.

Lekin haydovchilar belgilangan sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan, chegara-nazorat posti avtoturargohidan uyiga chiqib ketishgan.

Epidemiologik surushtiruv natijasida Izboskan va Baliqchi tumanida R.R. va B.Q. bilan muloqotda boʻlgan barcha 100 nafarga yaqin fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,69 milliondan oshdi, 356 ming kishi vafot etdi. 2,35 million kishi sogʻaydi.

Asosiy mavzular