21:39 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1094)
439 0 0

Soʻnggi kunlarda respublikaning bir qancha hududlari qatori, Navoiy viloyatida ham aholi orasida kasallikka chalinayotganlar koʻpaymoqda.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi bildirishicha, soʻnggi kunlarda respublikaning bir qancha hududlari qatori, Navoiy viloyatida ham aholi orasida kasallikka chalinayotganlar koʻpaymoqda.

Yuqori malakali shifokor-olimlar, epidemiolog, infektsionist, otorinolaringolog, reanimatolog, pulmonolog, xirurg  hamda vrach-laborant kabi qator  mutaxassislardan iborat maxsus guruh viloyatga yuborildi. Ular mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam koʻrsatmoqda.

Ayni paytda viloyatda 119 nafar fuqaroda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Bugungi kun holatiga koʻra, ulardan 12 nafari sogʻaygan boʻlsa, qolgan 107 nafar bemorga shifokorlar tomonidan samarali davolash muolajalari olib borilmoqda.

Tahlillarga koʻra, viloyatda kasallik, asosan, beshta oʻchoq orqali tarqalganini koʻrish mumkin. Jumladan, birinchi katta oʻchoq Zarafshon shahrida, ikkincha va uchinchi oʻchoqlar Xatirchi tumanida, toʻrtinchi oʻchoq Konimex tumanida hamda beshinchi oʻchoq Tomdi tumanida yuzaga kelgan.

Shundan kelib chiqqan holda, xududda karantin qoidalarini yanada  kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, prokuratura  xodimlari bilan birgalikda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarni davolash hamda karantindagi fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olishni yanada samarali yoʻlga qoʻyish borasida izchil faoliyat olib borilmoqda.

Jumladan, epidemik vaziyatdan kelib chiqib, asosiy uchoq boʻlmish, Zarafshon shahri “qizil” hudud toifasiga kiritilgan. Bundan tashqari, joriy yil 26 may kunida kasalligi aniqlangan bemorlar (31 nafar) bilan muloqotda boʻlgan 300 nafarga yaqin fuqaro karantinga olingan: shundan 104 nafari uy karantini, 182 nafari esa statsionar karantinga joylashtirilgan. Viloyatning yana qator tuman va shaharlarida ham yuzlab fuqarolar uy va statsionar karantinga olinib, qatʼiy tibbiy kuzatuvga olingan.

Shuningdek, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tegishli maxsus komissiya qarori bilan joriy yil 8 maydan boshlab, bosqichma-bosqich Zarafshon shahridagi 11 ta mahallada kuchaytirilgan karantin qoidalari saqlab qolinib, transport vositalarining harakatlanishi cheklanishi belgilandi. Bundan tashqari, Xatirchi tumanidagi 6 ta mahallada ham karantin qoidalari kuchaytirilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1094)

Asosiy mavzular