Kitob tumani karantinga olindi

Obuna bo‘lish
Ma’lum qilinishicha, tumanda bir kishi koronavirus yuqtirib olganligi gumon qilinmoqda. U esa ko‘plab fuqarolar bilan muloqot qilgan.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududi karantinga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tumanda bir kishi koronavirus yuqtirib olganligi gumon qilinmoqda.

Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
“O‘rikzor” bozoridagi sotuvchining ikki farzandida ham koronavirus aniqlandi

“... ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘lganligi munosabati bilan ehtiyot chorasi sifatida tuman hududi to‘liq karantinga yopildi. Gumonlanish o‘z tasdig‘ini topgunga qadar karantin talablari keskin kuchaytirilib, kirish-chiqish yo‘llari to‘sildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, avtotransport va piyoda harakatlanish qat’iy nazoratga olingan.

Barcha fuqarolardan karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish hamda uyda qolish talab etilgan.

Yangiliklar lentasi
0