Janubiy Koreyadan navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamoleti aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samoleti aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yordam zamonaviy shprisli nasoslar, 15 ming qadoqda antiseptik vositalar, 12 dona tibbiy krovat va avtomatik mexanizmga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali ko‘rpalardan iborat.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan jalb etilgan 97 ming 240 dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami bugun Toshkentga yetib boradi.

V Uzbekistan otpravlena gumanitarnaya pomosh iz Respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natdi

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, yordam ro‘yxatidan zamonaviy shprisli nasoslar, 15 ming qadoqda antiseptik vositalar, 12 dona tibbiy krovat va avtomatik mexanizmga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali ko‘rpalar joy olgan.

Mazkur jihozlar Janubiy Koreyaning BOMI Engineering & Construction, Infinity Co., Ltd. kompaniyalari, Shinxan va Adju universitetlari hamda Xvasong shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun zarur yuqori texnologiyali tibbiy vositalarni jalb qilishni davom ettirmoqda. Jumladan, yaqin kunlar ichida taxminan 66 ming dollar miqdordagi ana shunday gumanitar yordam charter yuk reysi tashkil etilgandan so‘ng yuborilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-aprel kuni ham Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelingan edi.

Yangiliklar lentasi
0