Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar

© SputnikYejednevno bolee 100 grajdan obrashayutsya za pomoshyu v posolstvo Uzbekistana
Yejednevno bolee 100 grajdan obrashayutsya za pomoshyu v posolstvo Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi 3 oydan buyon har kuni turar joysiz qolgan fuqarolarni xostelga joylashtirish, sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda COVID-19 pandemiyasini e’lon qilganiga ham yaqinda 3 oy bo‘ladi. O‘tgan davr mobaynida koronavirus aslida vahima qilinganidek qo‘rqinchli emasligi, taxminan 55 % odamlarda u yengil ko‘rinishda kechishi, 16 % odamlar uni umuman sezmasdan o‘tkazib yuborishi aniqlandi.

Lekin epidemiya boshida virusning salbiy oqibatlari haqidagi vahimali mish-mishlar esa ko‘plab tarqalgan, noma’lum xavfdan saqlanish maqsadida davlatlar birin ketin chegaralarni yopib, aviaqatnovlar to‘xtatilib, shaharlarda karantin e’lon qilingan edi.

Bunday sharoitda vaqtincha chet davrlarda bo‘lgan fuqarolar o‘z vataniga o‘z uyiga, qaytishni istashi tabiiy hol bo‘lsa kerak. Lekin chegaralar yopilgan parvozlar bekor qilingan bo‘lsa nima qilish kerak?

Elchixona

Ma’lumki, Rossiyada 2 000 000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bor. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida 21 kishi ishlaydi. Shu kunlarda, Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi og‘ir ahvolda qolgan mehnat migrantlari uchun ham ota, ham onaga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Blagotvoritelnaya aksiya Spasibo, organizovannaya sotrudnikami posolstva Uzbekistana v RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek diplomatlari Moskva shifokorlariga osh tarqatishdi

Elchixona xodimlari har kuni kuni turar joysiz qolgan yuzlab fuqarolarni xostel joylashtirish, talaba va yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan boshqa minglab fuqarolarga oziq-ovqat yetkazib berish muammolari bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Undan tashqari, har kuni yuzlab fuqarolar O‘zbekistonga tezkor qaytishi kerak bo‘lgan og‘ir kasal, nogiron, qariya va homilador ayollar murojaat qilishmoqda.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, qariya, nogiron, homilador va ko‘p bolali oilalar aslida 400 kishiga yaqin, lekin "meni tezda jo‘nating men kasalman. Men homiladorman" va hokazo deb kelib tushayotgan arizalar bir necha o‘n mingdan ortiq... Shu sababli haqiqiy ketishga muhtoj kishilar ajratib olish uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘lmoqda.

Yaxshiyamki, pandemiya kunlarida befarq bo‘lmagan fuqarolar ko‘ngilli ravishda elchixonaga yordamga kelishdi. Ular ishtirokida elchixona huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilib, O‘zbekistonga tezkor qaytishi kerak bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini saralashda ko‘mak bermoqda.

Jamoatchilik kengashi

Jamoatchilik kengashi elchixona xodimlari va ko‘ngilli fuqarolar, shifokor va ijtimoiy soha xodimlari jami 8-10 kishidan tashkil topgan. Uning faoliyati asosan O‘zbekistonga ketish istagida elchixonaga kelib tushayotgan arizalarni ko‘rib chiqish hamda ulardan eng zarurlarini ajratib olishdan iborat.

Katta stol, uning ustida bir necha mingdan ortiq arizalar. Har bir arizada pasport nusxasi va nima uchun tez muddatda O‘zbekistonga qaytishi kerakligi asoslangan hujjatlardan iborat. Kengash xodimlari ushbu hujjatlarni birma-bir ko‘rib chiqib, ulardan haqiqatda ketishi zarur bulganlarini ajratib olishi kerak.

© SputnikRabota Obshestvennogo soveta pri posolstve Uzbekistana
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar - Sputnik O‘zbekiston
Rabota Obshestvennogo soveta pri posolstve Uzbekistana

Kengash faoliyatida eng murakkabi ham ana shu. Chunki haqiqatdan O‘zbekistonga qaytishi zarur bo‘lgan fuqarolar bilan birga turli sabablarni vaj qilib, O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lganlar ham juda ko‘p. Aniqrog‘i, arizalarning aksariyati ana shunday desa ham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonga og‘ir kasal, 7 oydan ortiq homilasi bo‘lgan, nogiron, keksa va yosh bolalari ayollar jo‘natilmoqda. Lekin arizalarning aksariyati ko‘rinishidan sog‘lom, yoshi ham keksaymagan, xullas O‘zbekistonga ketish sababi ham yaqqol ko‘rinib turmaydigan fuqarolardan kelib tushgan.

Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi

Kengash a’zolaridan biri bo‘lgan Umid ismli yosh yigit allaqachon bunday arizalarni bir qarashda ajratadigan bo‘lib qolgan.

Navbatdagi arizani qo‘lga olarkan uni sinchiklab o‘qiy boshlaydi. O‘rta yoshli amaki, Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan, oshqozon osti bezi og‘rishi haqida tibbiy ma’lumotnoma biriktirilgan. Unda kasallik surunkali ekani qayd etilgan. Demak, tezda jo‘natishga asos yo‘q. Ma’lumotnoma shifokor tomonidan qo‘shimcha tekshirish kerak.

Yana bir ariza, yosh ayol kishi tomonidan yuborilgan. U kishi 3-yil oldin kasalxonadan berilgan tibbiy ma’lumotnomani arxivdan olib yuboribdilar. Bu ma’lumotnomaning hozirgi vaziyatga nima aloqasi bor ekan. Bu ariza ham qo‘shimcha tekshirishga qoldiriladi.

Uchinchi ariza, yosh yigit, reanimatsiyada yotibman deb yozgan. Haqiqatdan ham kasalxonada kapelnitsa ostida tushgan surati bor. Lekin suratning sanasi ko‘rsatilmagan, hech qanday tibbiy hujjat ham taqdim etilmagan, reanimatsiyaga tushish sababi ham ko‘rsatilmagan. Bunga qo‘shimcha qo‘ng‘iroq qilish kerak. Arizasi alohida olib qo‘yildi.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Domodedovo aeroportida o‘zbekistonliklar bo‘lmagan - elchixona

Yana bir ariza - yoshi 60 dan oshgan amaki, Afg‘on urushi faxriysi ekan. Tegishli hujjat ham ilova qilingan, yaralanish oqibatida 2 guruh nogironligi ham bor ekan. Bu kishini ro‘yxatga qo‘shsa bo‘ladi. Ham yoshi, ham nogironligi bor.

Beshinchi ariza – yosh yigit pasport nusxasi va O‘zbekistondan bir necha kun oldin berilgan o‘lim to‘g‘risida guvohnoma nusxasi. Otasi vafot etgani tufayli uyga ketish kerak. Buni ham ro‘yxatga qo‘shamiz, iloj yo‘q.

Yaxshiyam, Jamoatchilik kengashi safida professional shifokor bor. Uning yordamida rentgen va UZI suratlarini diagnozga mosligini, shifokor tashxislarini haqiqiyligini, kasallik og‘irmi yoki yengilmi – shularning barchasini tezda aniqlash mumkin.

Shu tariqa navbatdagi charter parvozga ro‘yxat shakllanadi va oxir oqibat samolyotga 82 ta yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan yosh bolali oilalar, 38 nafar homilador va yosh bolali ayollar, 43 nafar homilador ayollar,  19 nafar og‘ir kasallar, 16 nafar qariyalar kiritildi.

Ro‘yxat to‘liq shakllanib bo‘lganidan vaqt yarim tundan oshgan edi. Endi uyga tarqalsa ham bo‘ladi. Ertaga ertalabdan ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarga birma-bir qo‘ng‘iroq qilib qachon aeroportga kelish kerakligi, chipta narxi va boshqa ma’lumotlarni aytamiz.

Xostel

Pandemiya tufayli parvozlar bekor qilingan dastlabki kunlar edi. Vnukovo aeroportida 200ga yaqin fuqaro Sheremetyevo aeroportida 60 kishi qolib ketdi. Undan tashqari yaqin 3-4 kun ichida parvoz qilishi kerak bo‘lgan fuqarolar orasida bir necha kishi turar joysiz qolgan edi.

Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona firibgarlikning yangi turi haqida ogohlantirdi

Bunday vaziyatda, elchixona uysiz qolgan fuqarolarni muammosini hal qilishi kerak edi. Parvozlar qayta tiklanib, fuqarolarni O‘zbekistonga jo‘natish imkoniyati paydo bo‘lganiga qadar, elchixona xostel topib, u yerda fuqarolarni joylashtirdi. Undan tashqari homiylar yordami bilan xostelda qolgan fuqarolarni 2-3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlashni boshladi.

Aytish joizki, xostelda turishga majbur bo‘lgan fuqarolar dastlab 40 kishi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 150 kishidan oshgan. Boshida haqiqatdan uchib ketishi keran bo‘lgan fuqarolar bo‘lsa, keyin elchixonaga kelib “men turar joysiz qoldim” degan fuqarolar orasida, aslida turar joyi bo‘lgan, lekin “xostelda tursam tezroq jo‘natishadi” qabilida reja tuzgan kishilar ham bo‘lgan.

Lekin kunlar o‘tavergan xosteldagilar esa hech qayerga jo‘natilmagan. Chunki parvozdagi o‘rinlar dastlab qariya, nogiron, keksa, homilador va yosh bolali ayollarga berilgan. Shunda, bir necha kundan beri xostelda turgan, yosh, sog‘lom fuqarolar xostelga yangi olib kelingan kasal va homilador ayollarga “sen nega bu yerga kelding, sen kelmasang meni jo‘natishardi” qabilida tajovuzlar ham uyushtirilgan.

Ana shunday mojarolar yuz berganidan so‘ng elchixona xodimlari xostelga borib fuqarolarga “xostelda yashash birinchi bo‘lib uchib ketish kafolatini bermaydi” deb qaytadan tushuntirgan. Shundan so‘ng 16 kishi o‘zi mehmonxonani o‘z xohishi bilan tark etgan.

Minnatdorlik

Pandemiya sharoitida, qisqa muddat ichida “Mehr” fondi faoliyatini tashkil qilib, migrantlarga amaliy yordam berishni boshlagan biznesmen Alisher Usmonovning yordam juda katta, albatta.

Mexr fondi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada "Mehr" fondi ish boshladi

Shu bilan birga, pandemiya tufayli turli muammolar boshlangan ilk kunlarda O‘zbekiston elchixonasiga Moskvadan, Rossiya va dunyoning turli burchaklaridan tadbirkorlar va oddiy fuqarolar qo‘ng‘iroq qilib o‘z yordamlarini taklif qilishgan. Bu elchixona uchun ham kutilmagan hol bo‘lgan. Bu borada, ayniqsa, Moskvada faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlarning yordami juda qo‘l kelgan.

Moskvadagi 30dan ortiq o‘zbek restoran, oshxona va kafelari  koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so‘ng o‘z tashabbusi bilan aeroportda qolib ketgan, xostelda yashayotgan va boshqa muhtoj migrantlarga kuniga 2-3 mahal ovqat yetkazib berishni boshlagan va shu kunga qadar davom ettirmoqda.

Boshqa tadbirkorlar “Rahmat” aksiyasi doirasida talaba va karantinda bo‘lgan fuqarolarga tayyor ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanishmoqda.  

Yana bir tadbirkorlar elchixonadagi kol-sentr uchun kerakli aspob-uskunalar olib keldi. Ismini oshkor qilishni istamagan tadbirkor, 2ta noutbuk, printer, router va cheklanmagan miqdorda qo‘ng‘iroqlar amalga oshirish imkoni bo‘lgan sim kartalar va boshqa uskunalar olib kelgan edi.

© SputnikRabota Obshestvennogo soveta pri posolstve Uzbekistana
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar - Sputnik O‘zbekiston
Rabota Obshestvennogo soveta pri posolstve Uzbekistana

Vatandoshlar va O‘zbekiston bilan bog‘liq tadbirkorlarning ulkan ko‘magi evaziga O‘zbekiston elchixonasi pandemiya sharoitida ish joyini, turar joyini yo‘qotib O‘zbekistonga qayta olmayotgan fuqarolarni turar joy bilan ta’minlash va ularni kuniga 2 mahal issiq ovqat yetkazib berishga imkon paydo bo‘ldi.

Undan tashqari yotoxonada qolgan yuzlab talabalar, koronavirusning yengil ko‘rinishidan uyida davolanayotganlar o‘nlab fuqarolar, yashashga mablag‘siz qolgan bir necha oilalarga oziq-ovqat yetkazib berish imkoni paydo bo‘ldi.

“Biz, turar joyi bo‘lmagan, ovqatlanishga puli bo‘lmasa, har qanday O‘zbekiston fuqarosini qabul qilishga tayyormiz”, - deydi elchixona vakili. 

Shuningdek, O‘zbekiston elchixonasi Vnukovo aeroporti rahbaritatiga minnatdorlik bildirishdi. Parvozlar bekor qilinib mehnat migrantlari 3-4 kun davomida aeroport ichida qolib ketishga majbur bo‘lgan ular, imkon qadar yordam berishga, migrantlar uchun alohida xona ajratishga harakat qilishgan. Hech kimni ko‘chaga haydamagan.

Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston
“Vnukovo”da qolib ketgan fuqarolarga vaqtincha yashash joyi taklif qilindi

Pandemiya boshlanish kunlarida Sheremetyevo aeroportining tranzit hududida ham 60 nafar O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgan edi. Ularni navbatdagi parvozga joylashtirish uchun bir necha kun davomida kutishga to‘g‘ri keldi. O‘shandan aeroportning tranzit hududida joylashgan “Uzbechka” kafesi ham migrantlarni ovqatlantirishda katta yordam ko‘rsatdi. Ular homiylar ajratgan puldan ortiq darajada migrantlarga issiq ovqat tayyorlab berishgan. Shuningdek, Sheremetyevo aeroporti hamda “Aeroflot” kompaniyasi rahbariyati tranzit hududda qolib ketgan migrantlarni olib chiqib ketishda o‘z hissasini qo‘shgan.

Elchixona xodimlari pandemiya sharoitida Moskva shahridagi va aeroportlardagi politsiya xodimlarining harakatlarini ham alohidi qayd etib o‘tishdi. Ular aytishiga qaraganda Rossiya huquqni saqlash organlari xodimlari har qanday vaziyatda faqat qonun doirasida, yuqori professional darajada harakat qilishgan.

Meni tezroq uyga jo‘nating...

“Menda koronavirus tasdiqlandi, meni tezroq uyga jo‘nating – mana spravka... ” Elchixonaga mana shunday fuqarolar ham murojaat qilishmoqda.

Yuzi qizargan, tez-tez yo‘talib turayotgan, tana harorati oshgani yaqqol bilnib turadigan fuqarolar ham elchixonaga kelib, "meni tezroq jo‘nating" deb murojaat qilishmoqda. Vaholanki, ular allaqachon kasallikka chalingan va uydan tashqariga chiqishi mumkin emas. Uyidan chiqib boshqalarga kasallik yuqtirgani uchun Rossiya qonunchiligiga ko‘ra ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin...

Uzbekistan vozvrashayet charternimi reysami zastravshix za rubejom grajdan iz-za koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga chalingan yangi bemorlarning barchasi xorijdan kelgan

Afsuski bu fuqarolar nafaqat o‘zlarini, balki boshqalar umrini ham qadrlamaydi. Elchixonaga kelib, o‘nlab fuqarolar bilan birga navbatda turib, ichkarida xodimlar bilan muloqotda bo‘lib ... Va oxir oqibat ming marta aytilgan gapni eshitib qaytishadi. ..

Ana shunday fuqarolar tufayli shu kunlarda yuzlab kishilarga yordam berayotgan elchixona xodimlarining yarmidan ko‘pi kasallikka chalinib, karantinga olinishga majbur bo‘lishdi. Agar butun elchixona kasal bo‘lganida nima bo‘lardi? Yordamga muhtoj odamlar ko‘chada uxlarmidi? Kim ularni xostelga joylashtirar edi? Kim ularni issiq ovqat bilan ta’minlar edi?

Kasal bo‘lidingmi  - uydan chiqma! Chunki, senga hech narsa qilmasa ham yoshi kattalar, diabet, yurak xuruji, surunkali o‘pka kasallarga koronavirus yuqtirsang ular vafot etishi mumkin!

Shunisi aniq-ki – odatda kasal, yoki nogiron kishi boshqa yurtga ishlash uchun bormaydi. Sog‘lom, kuch-quvvatga to‘lgan fuqarolar ishlash uchun keladi. Lekin, elchixona har kuni yuzlab kasal va nogiron O‘zbekistonga “srochno qaytishi kerak” bo‘lgan fuqarolar murojaat qilmoqda. Kim oshqozon osti bezini eski kasali vaj qilib, yana birining esiga bo‘yrakdagi tosh tushgan, boshqasida gemorroy...

- Barchani olib chiqib ketamiz hech kim qolmaydi, faqat sabr qiling, avval nogironlar, qariyalar, homilador va kasallar shuningdek yosh bolali oilalar olib  chiqiladi, - deydi elchixona birinchi kotibi Temurbek Shamsiboyev.

Qiynalganlarga yordam beramiz, uysiz qolganlarni xostelga joylashtiramiz, lekin hammani tezda olib ketishning iloji yo‘q. Chunki O‘zbekistonga borgandan keyin 2 hafta karantinda qolish kerak,  karantin shaharchasida esa joylar cheklangan, deb tushuntiradi O‘zbekiston elchixonasi vakili.

Yangiliklar lentasi
0