“Zamin” fondi eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun yangi dastur taqdim etdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
Noviy detskiy sad otkrili v Sergeliyskom rayone Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihaning maqsadi — o‘qitishning yangi usullarini joriy etish, maktab-internatlar infratuzilmasini takomillashtirish.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida “Zamin” fondi mamlakatning ixtisoslashtirilgan muassasalaridagi besh ming nafarga yaqin eshitish qobiliyati zaif o‘quvchilar uchun ta’limni rivojlantirish dasturini taqdim etdi.

Loyihaning maqsadi — o‘qitishning yangi usullarini joriy etish, maktab-internatlar infratuzilmasini takomillashtirish.

“Loyiha doirasida jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan o‘quvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib boriladi. Bu degani, sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan bolalar mehribon onajonisi, g‘amxo‘r otasining ovozlarini, atrof-borliqdagi tovushlarni, musiqa ohanglarini eshita oladi, to‘laqonli hayot kechiradi”, — dedi Fond vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva.

Dastur uch bosqichdan iborat:

1. Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni zamonaviy assistiv uskunalar bilan jihozlash

Maktablar xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy assistiv (qo‘shimcha) uskunalar, jumladan, guruh mashg‘ulotlari uchun audio-sinflar, individual mashg‘ulotlar uchun nutq simulyatorlari, kelgusi ta’lim jarayonida foydalaniladigan audiometrlar va statsionar ovoz kuchaytirgichlari bilan jihozlanadi.

2. O‘qitish usullarini takomillashtirish

Eshitish qobiliyati zaif bolalar maxsus maktablaridagi joriy o‘quv dasturlarini har tomonlama tahlil qilish rejalashtirilgan. Buning uchun loyiha tashkilotchilari O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda yetakchi xalqaro ekspertlik institutlari va ularning mutaxassislarini jalb qiladilar. Ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy yordamchi texnologiyalardan foydalangan holda ta’lim metodikalari joriy etiladi.

3. Maktab yoshidagi bolalar uchun koxlear implantatsiya

Dasturning muhim qismi har yili 30 nafar maktab yoshidagi bolalarga koxlear implantatsiya jarrohlik amaliyotini bepul o‘tkazish bo‘ladi. Shuningdek, ushbu bosqich keyingi reabilitatsiyani o‘z ichiga oladi.

Yangiliklar lentasi
0