O‘zbekistonda koronavirus: so‘nggi xabarlar

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na antitela k koronavirusu
Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 22 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 2 859 nafarga yetdi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 50 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 673 nafarni tashkil qilmoqda.

Yejednevno bolee 100 grajdan obrashayutsya za pomoshyu v posolstvo Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Meni tezroq uyga jo‘nating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 22 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 2 859 nafar.

Ayni paytda 799 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ahvoli og‘ir —  8 nafar. O‘ta og‘ir — 1 nafar.

Bozordagi yangi holat

“O‘rikzor"dagi yana bir sotuvchi va Yunusoboddagi do‘kon sotuvchisi, ularning oila a’zolarida koronavirus aniqlangan. Jumladan, "O‘rikzor" savdo majmuasida do‘kon sotuvchisi va uning qizida, shuningdek, sotish uchun mahsulotlarni ushbu savdo majmuasidan olib, Yunusobod tumanida joylashgan do‘konida faoliyat ko‘rsatuvchi sotuvchi va uning turmush o‘rtog‘ida ham  koronavirus tasdiqlangan.

Xorijiy davlatlardan yordam

Xitoy O‘zbekistonga navbatdagi umumiy og‘irligi 21,5 tonnadan (tibbiy kombinezonlar, KN95 niqoblari va qo‘lqoplar) iborat bo‘lgan insonparvarlik yordamini yubordi.  

Shuningdek, O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi tomonidan jalb etilgan 97 ming 240 dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami Toshkentga yetib boradi.

Yordam ro‘yxatidan zamonaviy shprisli nasoslar, 15 ming qadoqda antiseptik vositalar, 12 dona tibbiy krovat va avtomatik mexanizmga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali ko‘rpalar joy olgan.

Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

Stikersiz harakatlanish

Bugundan boshlab Samarqand shahri hududi bo‘ylab stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi. 

Qayd etilishicha, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayan vaqtida (07:00 dan – 10:00 gacha, 17:00 dan – 20:00 gacha) ruxsat beriladi.

Fuqarolar avtotransportda ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishi kerak.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,9 milliondan oshdi, 367 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0