Yashnobod tumanida aholi orasida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaJiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa
Jiteli Tashkenta po vozmojnosti priobretayut maski dlya profilaktiki virusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi soatlarda aniqlangan yangi 16 holatdan 2 tasi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida aniqlangan.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 16 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shundan ikkitasi Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida aniqlangan.

“2020 yil 2-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3718 (+16) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi paytda nega koronavirus aholi orasida ko‘paymoqda

Yangi kasallanish holatlarining 12 tasi Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Ularning barchasi Qozog‘iston orqali mamlakatga kirib kelganlar.

2 ta yangi holat Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi aholi orasida, qolgan 2 tasi Namangan va Toshkent viloyatlariga xorijdan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

O‘zbekistonda 2859 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 844 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0