02:59 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
406 0 0

Rossiyalik shifokor koronavirusning jins, yosh va irq jihatdan afzal koʻrgan narsalari borligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Rossiyalik shifokor Aleksandr Myasnikov jurnalistlar bilan onlayn uchrashuvda koronavirusning jins, yosh va irq jihatdan afzal koʻrgan narsalari borligini maʼlum qildi.

Maʼlumki, ushbu virusni ayollarga qaraganda koʻproq erkaklar yuqtirib olishgan. Kasallik bolalarda boshqalarga osonroq kechadi. Statistika maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning 80 foizdan ortigʻini afro-amerikaliklar tashkil etadi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Moskvadagi aksariyat ogʻir ahvoldagi bemorlar – bu kavkazlik va osiyoliklar. Bu fakt koʻproq virus formulasiga moyil boʻlgan muayyan qon oqsili mavjudligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Ammo olimlar nima sababdan virus ayrim mamlakatlarda boshqalarga nisbatan tajovuzkorroq ekani haqidagi savolga hozircha javob topishmagan.

Myasnikovning taʼkidlashicha, virusni yuqtirib olmaslik uchun 1,5 metrdan kam boʻlmagan masofaga rioya qilish shart. Zero bu himoyalanishning eng asosiy chorasi hisoblanadi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, boshqa choralar unchalik samarali emas. Agar siz bemor kishi bilan juda yaqin masofada yaqin boʻlsangiz, sizni na niqob, na qoʻlqop himoya qila oladi.

Asosiy mavzular