Abituriyentlar hujjatlarni DTMning sayti orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
Loyihaga ko‘ra, OTMga o‘qishga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tiladi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda abituriyentlar hujjatlarni DTMning rasmiy veb-sayti orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Belgilanishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 10 muddatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlaydi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish imkoniyatini yaratsin”, - deyilgan hujjatda.

Ushbu qaror OTMlarga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0