22:09 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)
815 0 0

Bugunning oʻzida 49 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 2 908 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 48 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 750  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari — Karantin markazidagi (10 nafari Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari — Tojikiston Respublikasidan chegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari — Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari bemor bilan muloqotda boʻlgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 3 nafari — Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari — Toshkent viloyatida, 1 nafar — Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 49 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2908 nafar.

Ayni paytda 827 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Samaradagi vaziyat

Rossiya va Qozogʻiston chegarasida toʻplangan 25 nafar oʻzbekistonlik Qozon shahriga borishga rozi boʻldi, u yerdan 7 iyun kuni Toshkentga uchib ketishadi.

Samara viloyati maʼmuriyatining milliy va konfessiyaviy siyosat boʻlimi boshligʻi Nadejda Osipova maʼlum qilishicha, vaziyat hali toʻliq hal qilinmagan.

Endilikda chegarada 300 dan ziyod Oʻzbekiston fuqarolari bor, ular kelgan mintaqalarga qaytishni istamayapti. Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan kelgan odamlarning oqimi, ogohlantirishlarga qaramay, hali ham toʻxtamayapti.

"Konsullik taqdim etgan imkoniyat - charter reyslaridan foydalanishimiz kerak", dedi Osipova.

"Bozor - virus uchun tayyor oʻchoq"

Qashqadaryodagi bozor “virus uchun tayyor oʻchoq” ekani aytilib, karantinga yopildi.

Gʻuzor tumanidagi “Karvon” bozori hududida karantin qoidalariga amal qilmay ishlanayotgani uchun karantinga yopilgan. Bu bozor viloyatda karantinga yopilgan yettinchi bozor boʻldi.

Gʻijduvon – qizil

Gʻijduvon ham “yuqori xavfli” hududga aylanadi.

Buxoro viloyatining Shofirkon va Gʻijduvon tumanlari — "qizil" (yuqori xavfli), Kogon tumani — "sariq" (oʻrta xavfli), qolgan barcha shahar va tumanlar "yashil" toifadagi hududlarga kiritiladi.

Bu haqda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va sogʻliqni saqlash boshqarmasi xulosa bergan. Endi buni Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tasdiqlash kerak.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 6,2 milliondan oshdi, 370 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (959)

Asosiy mavzular