21:46 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
387 0 0

Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Anton Kotyakov Rossiya Federatsiyasida migrantlar bilan bogʻliq vaziyat haqida gapirib berdi.

TOSHKENT, 3 iyun - Sputnik. Rossiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi migratsiya siyosati tamoyillarini oʻzgartirish ustida ish olib bormoqda, dedi vazir Anton Kotyakov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Migratsion siyosat boʻyicha vaziyat Rossiya Federatsiyasining barcha mintaqalarida juda farqlanadi. Bugungi kunda ayrim hududlarda mavjud vazifalarni amalga oshirish uchun migratsion oqimning keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Migratsion siyosat hozirgi kunda hukumat kun tartibidagi masalalardan biridir". - dedi Kotyakov, Federatsiya Kengashidagi hukumat soati davomida.

Vazirning soʻzlariga koʻra, hozirda RF IIB bilan birgalikda ushbu sohada bir nechta masalalar boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

"Biz migratsion siyosat doirasida tamoyillarni oʻzgartirish, muayyan subʼyektda mehnat bozorini nazorat qilish kabi masalalarni muhokama qilmoqdamiz. Biz bunga yetarlicha eʼtibor beramiz va yaqin kelajakda oʻz takliflarimizni shakllantiramiz", - dedi Kotyakov.

Avvalroq Rossiyada pandemiya oqibatida yuzaga kelgan ishsizlik oqibatlarini yengish maqsadida migrantlar uchun ixtisoslashgan mehnat birjalari va ular uchun vaqtincha muqobil ish joylarini tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Asosiy mavzular