20:26 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
193 0 0

Oʻzbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan. 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Vazirlik xabariga koʻra, joriy yilda zararli chigirtkalarni respublika hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi.

MCHS provodit profilaktiku protiv rasprostraneniya saranchi
MCHS provodit profilaktiku protiv rasprostraneniya saranchi

Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.

MCHS provodit profilaktiku protiv rasprostraneniya saranchi
MCHS provodit profilaktiku protiv rasprostraneniya saranchi
“Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik ushbu ishlar Qozogʻiston, Turkmaniston hamda Qirgʻiziston davlatlari bilan hamkorlikda olib borilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Asosiy mavzular