01:50 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
389 0 0

Bosh prokuratura Akademiyasining Korruptsiyaga qarshi kurashish ilmiy-taʼlim markazi rahbari Bahodir Ismoilovning fikriga koʻra, qonunchilikni takomillashtirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish zarur, ammo muammoni birdaniga hal qilish imkonsiz va samarasiz.

Korruptsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun bir necha bor pora oluvchilarning mulkini musodara qilish chorasini Jinoyat kodeksiga qaytarish gʻoyasi ilgari surilgan.

Bosh prokuroratura vakilining soʻzlariga koʻra, xorijiy tajriba va xalqaro konventsiyalar ham shunga oʻxshash choralarni koʻrishni talab qiladi, ammo uning amalga oshirilishi maʼlum xavflar bilan bogʻliq.

"Oʻzbekistonda 2001 yilgacha bunday meʼyor bor edi, ammo keyin xususiy va oʻrta biznesni mulkini noqonuniy tortib olinishidan himoya qilish uchun undan voz kechishga qaror qilindi. Unda musodara qilishning afzalliklaridan koʻra koʻproq xavf-xatarlarga duch kelishini koʻrishdi. Endi esa bu masalaga muntazam ravishda qaytishmoqda, ammo bunda koʻplab ziddiyatlar bor. Masalan, noqonuniy ravishda sotib olingan mol-mulk deb nimaga qaralishi mumkin? Topilgan mulklar jinoiy yoʻl bilan topilganidan bexabar qarindoshlari bu mulklarning musodara qilinishi oqibatida aziyat chekib nima boʻlishadi", - deya tushuntiradi Ismoilov.

Bundan tashqari, uning qoʻshimcha kilishicha, oʻziga xos bir boshlangʻich nuqta boʻlishi kerak - qonun teskari talqinga ega boʻlmasligi uchun qaysi muddatdan hisob-kitobni amalga oshirib, daromad va harajatlar deklaratsiyasini joriy qilish kerak.

Noqonuniy sotib olingan xorijiy aktivlarni qaytarish amaliyotiga kelsak, unda oʻz mexanizmi mavjud.

"Hozirda davlatlar oʻrtasida huquqiy koʻmak ancha rivojlangan, har bir holat alohida koʻrib chiqilmoqda. Masalan, agar huquqni muhofaza qilish idoralari chet elda mulkni noqonuniy sotib olinishi holatini isbotlay olsa va sud tegishli hukm chiqargan boʻlsa, u holda soʻrovga asosan xorijiy davlat bu aktivlarni, asosan pul shaklida qaytarishi mumkin", - deya taʼkidlaydi mutaxassis.

Huquqni qoʻllash amaliyoti va mulkni musodara qilish kabi choralar haqida batafsil izoh Sputnik Oʻzbekiston radio podkastida tinglang.

Ekspert: pochemu konfiskatsiya — spornaya mera protiv korruptsionerov

Asosiy mavzular