12:11 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
65910

Bugunning oʻzida 106 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 3 014 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 46 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 815  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 45 nafari - Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari - Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 106 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni 3014 nafar.

Ayni paytda 786 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Navoiyda maxsus guruh ishi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Navoiyda yana 42 nafar bemor sogʻaygani toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Ushbu viloyatda soʻnggi ikki kunda jami 84 bemor sogʻayib chiqqan.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (32 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 3 nafari Tomdi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Navoiy shahridan) boʻlib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshli onaxon, yoshi kichigi 2018 yil tugʻilgan. 

Yana bir virusdan xoli hudud

Namangan — koronavirusdan xoli hudud boʻlishga yaqin. Bugun Namanganda 4 nafar bemor sogʻaydi. Namangan viloyatida kasallikka chalingan jami 260 nafar boʻlib, endilikda shundan 251 nafari tuzaldi.

Pandemiya vaqtida tezligi oshgan internet

Oʻzbekistonda internet tezligi 6 foizga, mobil internet tezligi 18 foizga koʻtarildi.  Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi koronavirus internet global surʼatiga taʼsir qilganini eʼlon qildi: Oʻzbekistonda internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) koʻtarildi.

2020 yil aprel holatiga internet tezligi boʻyicha reytingida Oʻzbekiston 94-pogʻonani egalladi. Yaʼni, bir yil davomida 37 pogʻonaga koʻtarilib 131-oʻrindan 94-pogʻonadan joy oldi. Oʻzbekistonda oxirgi yil natijalariga koʻra internet tezligi qariyb 2,3 barobarga oʻsdi.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 6,4 milliondan oshdi, 381 ming kishi vafot etdi.

Asosiy mavzular