02:44 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
349 0 0

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va toʻy egalari, maʼraka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qoʻni-qoʻshnilarning kam sonli vakillari kiritiladi.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Oʻzbekistonda 30 kishilik toʻylar oʻtkazilishi tartibi haqida maʼlumot berdi.

Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifing davomida toʻxtalgan.

"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 2020 yil 1 iyundan boshlab "yashil" hududlarda bir qator faoliyat turlari qatorida oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishga ruxsat berildi. Bunda tantana va marosimlar faqatgina fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazilishi majburiydir.

Belgilangan 30 kishilik tarkibga birinchi navbatda, oilaviy tantana va toʻy egalari, maʼraka va marosim tashkil etuvchilar, ularning yaqin qarindoshlari, qoʻni-qoʻshnilarning kam sonli vakillari kiritiladi. Shuningdek, oilaviy tantana va toʻy egalarining istaklariga koʻra, ishtirokchilar sonidagi cheklov doirasida xonanda va boshqa xizmatlarni bajaruvchi xodim qatnashishi mumkin", - degan vazirlik vakili.

Shu bilan birga, oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda quyidagilarga qatʼiy amal qilish talab etiladi:

oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan «yashil» toifadagi hududlarda oʻtkazish (dafn marosimlari bundan mustasno);

"yashil" toifadagi hududlarda oʻtkaziladigan oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarda ishtirokchi etuvchilar sonini 30 kishidan oshirmaslik;

oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etish.

Asosiy mavzular