O‘n beshinchi iyundan hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusi s kamerami
Avtobusi s kamerami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, tashuvchilarga ayrim talablar qo‘yilgan. Haydovchilar qo‘lqop va niqoblar bilan ta’minlashini lozim. Ularni muntazam o‘z vaqtida almashtirishlari shart.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda hududlar o‘rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:

  • transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
  • avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
  • haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.
Yangiliklar lentasi
0