BAAdan Toshkentga 271 fuqaro olib kelindi

© Ministerstvo transporta UzbekistanaReys s grajdanami Uzbekistana pribil iz OAE
Reys s grajdanami Uzbekistana pribil iz OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi O‘zbekistonga olib kelindi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi Transport vazirligi.

Xabarda aytilishicha, 3-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da Uzbekistan airways aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

© Ministerstvo transporta UzbekistanaReys s grajdanami Uzbekistana pribil iz OAE
BAAdan Toshkentga 271 fuqaro olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
Reys s grajdanami Uzbekistana pribil iz OAE

Xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish bo‘yicha tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq BAAga amalga oshirilgan reys bilan 271 nafar kishi  O‘zbekistonga olib kelindi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtirildi.

“Dunyo” axborot agentligi 8-may kuni BAAdan 1,28 ming fuqaro O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar bergandi.

Dubaydagi O‘zbekiston bosh konsulxonasiga 2,7 ming fuqaro vatanga qaytarish masalasidan murojaat qilgan.

Yangiliklar lentasi
0