17:20 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
302 0 0

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Behzod Musayev boshchiligida brifingda abiturentlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik.  Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan boʻladi. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev boshchiligida oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilda faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi. Bu yil 1 million 270 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Test sinovlari joriy yilda 3 smenada boʻladi (oʻtgan yili 2 smenada boʻlgan).

Joriy yil test sinovlarida xuddi oʻtgan yilgidek maksimal 189 ball toʻplash mumkin. Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Respublika OTMga kirish uchun abituriyentlar 15 iyundan 15 iyulgacha  onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) DTM sayti orqali;

2) my.gov.uz portali orqali.

Abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga qabul koʻrsatkichlari taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan yigʻilishda koronavirus pandemiyasi sabab bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma bergan edi. DTM ham kirish imtihonlari uchun 2 ta fan qoldirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular