16:40 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
10000

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtiriladi. Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov 2020/2021 oʻquv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan offlayn brifingda maʼlum qildi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda:

  • test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 11 iyuldan 20 iyulgacha;
  • alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha oʻtkaziladi.

Karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

  • bir abituriyentga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
  • abituriyentning oliy taʼlim muassasasiga bir marta kelib ketishini taʼminlash inobatga olinadi.

Asosiy mavzular