10:30 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

Soʻx tumanini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish uchun 1 trillionga yaqin mablagʻ ajratilishi mumkin. Bu haqida prezident qarori loyihasi tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini iqtisodiy ijtimoiy rivojlantirish uchun 1 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qilmoqda Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati.

"Tumandagi barcha muammolarni bartaraf etish uchun Prezident qarorining loyihasi tayyorlanmoqda va mazkur qaror loyihasi boʻyicha tumanning iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan rivojlantirish uchun 1 trln. soʻmga yaqin mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan", - deyilgan xabarda. 

Maʼlumki, kecha 3 iyun kuni Soʻx tuman hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yigʻilish boʻlib oʻtgan edi. Unda tumanni har tomonlama rivojlantirish, sarmoyalar olib kelish, yangi biznes loyihalarini rivojlantirish, yoʻl va suv taʼminoti masalalari muhokama qilindi. 

Muhokama qilingan loyihalar orasida quyidagilar alohija eʼtiborga molik:

  • tumanda 4,5 ming yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida 101 mlrd soʻmlik sarmoyalar va 153 mlrd soʻm bank kreditlari yoʻnaltirish  rejalashtirilmoqda. 
  • soʻxlik tadbirkorning tsement zavodi qurish boʻyicha tayyorlagan loyihasi qoʻllab quvvatlanib, tegishli vazirliklarga topshiriqlar berildi.
  • oltita mahallalarda kichik sanoat hududlari tashkil etilishi belgilab olindi.
  • betakror tabiatga ega boʻlgan Soʻx tumani hududida 3 ta dam olish maskani yaratilishi ham rejalashtirilmoqda.

Undan tashqari, Soʻxning katta muammolaridan biri boʻlgan - ichimlik va sugʻorish suvi muammosini ham hal qilishning yangi uslublari taklif qilindi. Suv xoʻjaligi vazirining maʼlumotlariga koʻra, tumanda suv zaxirasi yetarli, ammo asosiy muammo uning yetkazib berilishida. Tez fursatlarda bu masala ham oʻz yechimini topadi. Simodon, Kasminon, Hushyor, Malbud va Vargan hududlarida ikki oy davomida tik quduqlar oʻrnatilib, boʻsh turgan yerlar oʻzlashtiriladi.

Press-slujba xokimiyata rayona Sux / Telegram

Shuningdek, soʻxlik yoshlarga Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish uchun 500ta oʻringa kvota ajratiladigan boʻldi, hamda ularga oʻz ona tillari tojik tilida imtihon topshirishlarini maʼlum qilindi.

Shu bilan birga, tumandagi eski aerodrom qayta taʼmirlanib, viloyat markaziga havo yoʻllari orqali borib kelishni yoʻlga qoʻyish masalasi ham oʻrganilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, 31 may kuni Soʻx tumani aholisi va Qirgʻiziston fuqarolari orasida mojaro kelib chiqqan edi. Shundan soʻng bosh vazir Abdulla Aripov voqea joyiga yetib borib mahalliy aholi vakillari bilan uchrashgan, ularning muammolarini hal qilib berishni vaʼda bergan edi.

© Wikipedia /
Oʻzbekistonning Soʻx eksklavi xaritasi

Asosiy mavzular