17:28 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (970)
343341

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosariga koʻra, agarda kasallik boʻyicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi

TOSHKENT, 5 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi boʻyicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari bekor qilinishi mumkin.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifingda aytib oʻtildi.

"15 iyundan karantin tadbirlari toʻliq tugaydimi?", degan savolga javob berar ekan, Qurbonov karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat choʻzilishi — koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq epidemik vaziyatni eʼtiborga olgan holda belgilanishini taʼkidladi.

"Agarda kasallik boʻyicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik oʻsish surʼati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi", - dedi u.

Shuningdek, brifingda maʼlum ыilinishicha, Transport vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyat hisobga olinib "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratish hamda bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash oʻrganib chiqilib, takliflar tayyorlanmoqda. 

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi yakuniy xulosasi toʻgʻrisida axborot beriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (970)

Asosiy mavzular