16:58 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
630 0 0

Bugunning oʻzida 140 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 3 227 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Avtobusы Tashkenta dezinfitsiruyutsya dlya predotvraщeniya infektsionnыx zabolevaniy
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.

Bir sutka davomida 48 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3987 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafar Toshkent shahridan (8 nafari aholi orasida, 4 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib karantinga olingan, 3 nafari xorijdan kelgan), 2 nafar Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari Namangan viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan), qolgan 2 nafari Karantin markazidagi (xorijdan kelgan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 140 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni 3 227 nafar.

Ayni paytda 744 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Turkiyaga parvoz

Turkiya iyun oyida Oʻzbekiston bilan vaqtincha toʻxtatilgan aviatashuvlarni qayta tiklashni rejalashtirayotgani maʼlum boʻldi. Xorijdan keladigan barcha fuqarolar aeroportlarning oʻzida koronavirusga testdan oʻtkaziladi. Turkiya fuqarolari 14 kun uyida oʻz-oʻzini yakkalash rejimiga amal qilishga majbur boʻladi.

Karantin qachon tugaydi?

Oʻzbekistonda koronavirus kasalligi boʻyicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari bekor qilinishi mumkin.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifingda aytib oʻtildi.

"15 iyundan karantin tadbirlari toʻliq tugaydimi?", degan savolga javob berar ekan, Qurbonov karantin tadbirlari tugatilishi yoki bir muddat choʻzilishi — koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq epidemik vaziyatni eʼtiborga olgan holda belgilanishini taʼkidladi.

"Agarda kasallik boʻyicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik oʻsish surʼati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi", - dedi u.

Yashil hududdagi masjidlar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot eʼlon qildi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 2020 yil 8 iyun, dushanba kuni bomdod namozidan boshlab, kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etiladi.

Avtobus qatnovi

8 iyundan — “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. Damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatiga yetib bordi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 6,7 milliondan oshdi, 391 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)

Asosiy mavzular