12:26 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
293 0 0

Yangi yoʻnalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yoʻnalishda poyezdlarning oʻrtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Toshkent halqa metro liniyasining birinchi bosqichi boʻlgan “Doʻstlik – Qoʻyliq” metro liniyasi qurib bitkazildi. Metroning ushbu uchastkasida 7 ta bekat barpo etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi yoʻnalishning uzunligi 11 kilometr.Ushbu yoʻnalishda poyezdlarning oʻrtacha yurish tezligi soatiga 60 kilometrni tashkil etadi. Harakatlanish oraliq vaqti 4 daqiqadan iborat.

Bekatlar 5 ta vagon toʻxtashi uchun moʻljallangan. Har bir bekat milliy meʼmorchilik uslubiga xos tarzda qurildi, ular koʻrinishi va bezatilishi jihatidan bir-birini takrorlamaydi.

Metro liniyalarining estakada yoʻnalishida harakatlanadigan zamonaviy va yuqori sifatli, yoʻlovchilar uchun barcha qulayliklarga ega vagonlar keltirilgan.

Asosiy mavzular