Madaniy-gumanitar va iqtisodiy aloqalarimiz ildam rivojlanmoqda - Vladimir Turdenev

© IA "JAXON"Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Rossiyskoy Federatsii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossi Kuni bayrami arafasida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev "Pravda Vostoka" nashriga intervyu berdi.

TOShKENT, 12-iyun – Sputnik. Yil boshidan buyon Rossiya va O‘zbekistonning madaniy-gumanitar hamda iqtisodiy aloqalari izchil rivojlanib kelmoqda, dedi Rossiya elchisi. 

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik pandemiya vaqtida yanada kuchliroq namoyon bo‘ldi. Rossiya birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonga COVID-19ni aniqlash uchun kerak bo‘ladigan test-tizimlarini yetkazib bera boshladi. Mart oyidan buyon 885ta test to‘plam yetkazib berildi. Ular yordamida 88,5 mingta tekshiruv o‘tkazish mumkin, dedi elchi.

Oldinroq Rossiya O‘zbekistonga sanitar-epidemiologik vaziyatni nazorat qilish uchun 3ta mobil laboratoriya ham yetkazib bergan edi.

Pandemiyaning eng og‘ir damlarida ham qardosh o‘zbek xalqi Rossiyaga yordam qo‘lini cho‘zganini alohida qayd etmoqchiman. Bizning mamlakatga yetkazib berilgan shaxsiy himoya vositalari uchun O‘zbekistonga yana bir bir minnatdorlik bildirmoqchiman, - dedi Turdenev.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya tibbiy mutaxassislari orasida virus tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy masofaviy aloqa o‘rnatilgan.

Iqtisodiy hamkorlik sohasida ham o‘zaro aloqalar ildam rivojlanmoqda. 2020 yilning yanvar – mart oylarida Rossiya va O‘zbekiston orasida savdo-sotiq miqdori 1,4 milliard dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,1%ga ko‘p, dedi Turdenev. 

O‘zbekiston Rossiyaning muhim hamkorlaridan biri, uning Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 6%ni tashkil qiladi, bu MDH davlatlari orasida 4-o‘rin, dedi elchi.

Undan tashqari Turdenev O‘zbekiston va Rossiya orasida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim, ilm-fan va madaniy aloqalar haqida, Rossiyaning O‘zbekistondagi yirik investitsion loyihalari haqida batafsil hikoya qilib berdi. 

Yangiliklar lentasi
0