TIKA O‘zbekiston shifokorlariga himoya vositalari yetkazib berdi

© Naspalata innovatsionnogo zdravooxraneniyaGumanitarnaya pomosh ot TIKA peredana uzbekskim vracham
Gumanitarnaya pomosh ot TIKA peredana uzbekskim vracham - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya hamkorlik agentligi O‘zbekiston shifokorlariga 5 ming dona yig‘ma individual himoya vositalari yetkazib berdi.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi TIKA (Turkiya) Agentligi ko‘magida tibbiyot sohasi mutaxassislariga yana 5 ming yig‘ma individual himoya vositasi taqdim etdi.

Insonparvarlik yukining yangi partiyasini taqdim etish marosimi bugun, 2020-yil 12-iyunda Milliy palatada bo‘lib o‘tdi.

Individual himoya vositasi yig‘masi tarkibiga ko‘zoynaklar, qo‘lqoplar, baxillar va ikki turdagi niqoblar— bir marta ishlatiladigan himoya niqoblari va ko‘p marta ishlatiladigan 95-sonli respiratorlar  kiritilgan, - deyilgan xabarda. 

Yig‘malar poytaxt va hududlardagi tibbiyot klinikalariga Milliy palataning hududiy bo‘linmalari orqali taqdim etiladi.

O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi doirasida insonparvarlik yukining dastlabki partiyasi 30-aprelda kelib tushgandi. Tarkibida 5 mingta yig‘ma individual himoya vositalari bo‘lgan yordam Toshkentdagi bir necha shifoxonalarga yetkazib yerilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0