Maktab o‘quvchilari uchun onlayn bitiruv kechasi 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVipusknisi shkol pered nachalom bala
Vipusknisi shkol pered nachalom bala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya tufayli bitiruvchilar uchun onlayn so‘nggi qo‘ng‘iroqdan keyin onlayn bitiruv kechasi bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi.

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun bitiruv oqshomi 13-iyun kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Tadbir Toshkent vaqti bilan 18.00da boshlanadi. Ushbu tadbir Respublika Xalq ta’limi vazirligi, UzReport TV telekanali va poytaxt hokimiyati tomonidan tashkil etildi.

"Ushbu bayram har bir insonning hayotida bir marta sodir bo‘ladi. Ushbu kunni eslab qolish uchun biz bitiruvchilar uchun ajoyib sovg‘a tayyorlashga harakat qilamiz, - deyiladi habarda. - Aziz ota-onalar, sizdan farzandingiz uchun oila a’zolari bilan uyda unutilmas bayram oqshomini tashkil etishingizni so‘raymiz".

Avvalroq UzReport telegram-kanalida bolalarni o‘qituvchilar, maktab direktorlari va jamoatchilik vakillari, shuningdek, estrada yulduzlari tabriklashlari haqida xabar berilgan edi.

Bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli o‘zbekistonlik o‘quvchilar mart oyining o‘rtalaridan boshlab masofadan o‘qidilar va ularning "So‘nggi qo‘ng‘iroq" ham onlayn tarzda amalga oshirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0