03:51 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
602 0 0

Moʻynoqliq yoshlar 1 gektar yerga issiqxona qurib bodring, pomidor, baqlajon va bolgar qalampiri yetishtirishga muvaffaq boʻlishdi. Ular yaratgan moʻjizani tomosha qilish uchun yoshlar tomoshaga kelmoqda.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Moʻynoqlik yoshlar ogʻir choʻl sharoitida issiqxonada muvaffaqiyatli ravishda mahsulot yetishtirib daromad olmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Besh oy ichida Qipchoqdaryo ovulida qurilgan 1 gektardan ziyod issiqxonada bugun yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ovozasi esa butun Orolboʻyi boʻylab taralmoqda. Soʻnggi20 kun ichida 36 tonna bodring uzib, sotishga erilganini - ajoyib natija desa ham boʻladi. Hademay ular pomidor sotishni boshlashadi. Bir boʻlak maydonda havasga ekilgan bulgʻor qalampiri-yu baqlajon ham unib, hosil berdi.

Ushbu choʻl ajoyibotini oʻz koʻzi bilan koʻrishni istagan yoshlar bugun bu yerga tomoshaga kelishmoqda. 

Boshida koʻpchilik ishonmagan edi. Axir Moʻynoqning yozda olov purkaydigan jaziramasi-yu qishda badan-badaningni sirqiratadigan izgʻirinida, kamiga badar ketgan Oroldan meros shoʻrxok tuprogʻida zamonaviy issiqxona barpo qilib, hosil olish mumkinmi?

Ammo bugungi islohotlar amaliy ishlarga, hayotiy natijalarga asoslangani bois ham moʻynoqlik yoshlar sahroda ishlab, daromad topishni uddalashdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpogʻistondagi Xalq qabulxonalari, sektorlar rahbarlari koʻzi yonib turgan bu yigit-qizlarning ezgu orzulariga kamarbasta boʻlmoqda.

Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo

Yana bir ibratli jihat – Moʻynoq yoshlari oʻz qoʻllari bilan yetishtirgan sabzavot mahsulotlari bilan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga ham hissa qoʻshishga ulgurishdi. Kuni kecha Moʻynoqning Tallioʻzak, Doʻstlik, Madeli, Qozoqdaryo, Uchsoy kabi 11 ta ovulidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 dan ortiq oilaga yetkazib berilgan navbatdagi ezgulik karvonida 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga Qipchoqdaryo ovulidagi issiqxonadan yangi uzilgan sabzavotlar ham qoʻshildi.

Erta-indin Qipchoqdaryo ovulidagi 10 ta yosh oilaning hovlisida yoki hovli etagidagi boʻsh maydonlarda har biri 10 sotixli 10 ta zamonaviy issiqxona qurilishi uchun grant mablagʻi ajratiladigan boʻldi. Ilk hisob-kitoblarga koʻra, 10 sotixli issiqxonadan oyiga kamida 8-10 million soʻm daromad topish mumkin...

  • Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo
  • Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo
  • Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo
  • Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo
  • Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo
1 / 5
Chudo v pustыne ilikak molodej v Muynake sozdali uspeshnoye teplichnoye xozyaystvo

Asosiy mavzular