Sport faoliyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qish muddati 3-yil etib belgilandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda endi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari uch yil tahsil olib, oliy ma’lumotga ega bo‘lishadi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Qabul kvotalari tasdiqlandi va hujjat topshirish muddati o‘zgartirildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezident qarori bilan “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi. 

Bu sport sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida amalga oshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0