Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2020/2021 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Abituriyent-2020: pandemiya vaqtida test sinovlari - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyent-2020: test sinovlari qanday o‘tkaziladi?

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0