18:49 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
343 0 0

Oʻzbekistonda yana 63 kishiga koronavirus kasalligi tashxisi qoʻyildi. Buxoroda aholi orasida 11 ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus holati 63 taga koʻpaydi.

“2020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 6216 (+63) nafarni tashkil etmoqda”,  - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 48 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu kunga qadar 4290 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 1907 nafar bemor davolamoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 1 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular