13:20 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
46311

Nafaqat poytaxt yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib, Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Ayni paytda nafaqat poytaxt yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib, Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

19 iyunda koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan 179 nafar bemordan 29 nafari aholi orasida aniqlangan boʻlsa, 20 iyun kuni esa 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi.

20 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida koʻradigan boʻlsak, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan  tashkil etmoqda.

Jumladan, Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila aʼzolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da (oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan), Mirobod tumanida yashovchi N.SH.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati koʻtarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan), Olmazor tumani Mudofaa ishlari boʻlimi xodimi E.SH.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda boʻlgan) kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi SH.E.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan), Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqori Chirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat taʼtilidan ishga chiqqan va tana harorati koʻtarilishi sababli namuna topshirgan), Yangiyoʻl tumanida yashovchi M.M.da  va Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan), Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani yashovchi SH.E.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi boʻlgan, tana harorati koʻtarilib, oʻzi namuna topshirgan) hamda Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MCHJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekistonda jami 6216 ta koronavirus holati aniqlangan. Shu kunga qadar ularning 69 foizi, yaʼni 4290 nafar bemor tuzalib ketgan. Tibbiyot muassasalarida  1907 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 1 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular