22:19 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
660 0 0

Turkiyadagi xorijliklar xalqaro transport qatnoviga ruxsat berilganidan soʻng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Turkiya hududida vaqtinchalik boʻlib turgan fuqarolarga murojaat qildi.

Taʼkidlanishicha, Turkiyada yangi turdagi koronavirus epidemiyasi tufayli parvozlarning bekor qilinishi sababli, viza/vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muhlatlari oʻtkazib yuborilgan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan jazolar qoʻllanilmasligi qaror qabul qilingan edi.

Turkiyada epidemiologik vaziyatni barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovni tiklanishi sababli Turkiya hukumati bu yoʻnalishda qoʻshimcha choralar qabul qilmoqda.

Xususan, Turkiya IIV tomonidan tarqatilgan yoʻriqnomaga asosan, mamlakat hududini maʼlum sabablarga koʻra tark etmagan chet el fuqarolari (transport aloqalari toʻxtatilgan vaqtdan vaziyat normallashgan muddatga qadar), hamda kirish vizasi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muhlatlari oʻtkazib yuborilgan xorijiy fuqarolar, Turkiyaning oʻz davlatlari bilan transport qatnoviga ruxsat berilganidan soʻng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha roʻyxatdan oʻtish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.

“Shu sababli, Turkiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga Turkiya tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablarini inobatga olish va koronavirus kasalligidan oʻzini himoyalash boʻyicha barcha zarur talablarga rioya etish tavsiya etiladi”, - deyilgan xabarda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada 186 mingdan ziyod koronavirus holati aniqlangan. 159 mingdan ziyod kishi ushbu kasallikni yenggan. Jami 4927 ta oʻlim holati kuzatilgan.

Asosiy mavzular