03:34 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
30310

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning taʼkidlanishicha, hokimliklarning noqonuniy qarorlaridan birinchi navbatda xalq aziyat chekmoqda.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yilda sudlarda hokimlarning 42 foiz qarorlari noqonuniy deb topilgan. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 19 iyun kuni oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlis davomida maʼlum qildi.

Senat raisi majlis davomida hokimliklarda ishlaydigan mutasaddilarning huquqiy savodxonligini oshirishga koʻproq eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

“Oʻtgan yilda sudlar tomonidan koʻrilgan 3000 ishning 1253 tasida, yaʼni 42 foizida hokimlarning qarori noqonuniy deb topilgan. Qarang, hokimlikda ishlaydigan mutasaddi rahbarlar va turli strukturalarda ishlaydiganlar noqonuniy qaror tayyorlab, hokimlarga imzoga berishgan. Achinarlisi, buning oqibatida xalqimiz aziyat chekmoqda”, - dedi Senat raisi.

Senat raisi adliya vaziriga hokimlikda ishlaydigan mutaxassislar huquqiy madaniyatini oshirish zarurligi boʻyicha tavsiya berdi. Hokimlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar nazoratga olinib, tegishli choralar koʻrish talab qilinishini qayd etdi.

Asosiy mavzular