03:54 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
309 0 0

Koronavirusga qarshi antitanachalar vaqt oʻtishi bilan kamayib boradi. Kishida kasallik qanchalik yengil kechgan boʻlsa - antitanachalar miqdori shuncha tez kamayadi.

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Koronavirusga qarshi immunitet sogʻaygan bemorlarda atigi 2-3 oy saqlanib qoladi. Bu haqida Xitoy olimlari xulosasiga asosan Koronavirus Info kanali xabar bermoqda. 

"Mutaxassislar koronavirus infektsiyasining alomatlarsiz 37 ta holati va yana bir qator "klassik" (odatiy) holatlarini oʻrganib chiqishdi. Oʻrganishlar asnosida 8 haftadan soʻng aksariyat sogʻaygan bemorlarda antitanachalar miqdori kamaygani aniqlandi, kasallikning klinik alomatlari boʻlmagan bemorlarda esa ular umuman aniqlanmagan", - deyilgan xabarda. 

8 hafta ichida antitanachalar miqdori alomatlarsiz bemorlarda 81%ga va COVID-19 alomatlari boʻlgan virus tashuvchilarida 62%ga kamaygan.

Olimlarning xulosasiga koʻra, infektsiyani takroran yuqtirish ehtimoli katta. Vaqt oʻtganidan soʻng — vaqt bilan bogʻliq masala —

Bugungi kun soat 17:00 holatiga Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 6400 dan oshdi. Bugun aniqlangan yangi bemorlar 43 kishini tashkil qildi. Ulardan 35 nafari — karantin markazidagi fuqarolar, 1 nafari — Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari — Toshkent viloyatida bemor bilan muloqotda boʻlgan.

Asosiy mavzular