O‘zbekistonda koronavirus: 23-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tish"Gemotest" nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu
Gemotest nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 176 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4 560 nafarga yetdi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Andrey Suleykov - Sputnik O‘zbekiston
Nozik masala: Suleykov COVID-19ga chalinadigan sayyohlar uchun to‘lanadigan kompensatsiya haqida

Bir sutka davomida 134 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi bemorlar: 21 nafari - karantin markazidagi fuqarolar, 6 nafari - Toshkent viloyatida (4 tasi bemor bilan muloqotda bo‘lgan, bittasi aholi orasida, bittasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchi), 5 nafari - Toshkent shahrida (3 tasi bemor bilan muloqotda bo‘lgan, 2 tasi aholi orasida), 3 nafari - Sirdaryo viloyatida (bittasi bemor bilan muloqotda bo‘lgan, bittasi aholi orasida, yana biri xalqaro yuk tashuvchi haydovchi).

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 176 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 4560 nafar.

Ayni paytda 1975 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  Ayni vaqtda 18 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Antitanachalarni aniqlash testi

Kelasi haftadan O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda.

U vsex posetiteley s pomoshyu teplovizora izmerayetsya temperatura tela pri vxode na rinok i dezinfitsiruyetsya ruki antiseptikami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 6500 taga yetdi

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi:

“Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo‘ladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo‘lishi lozim.

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda”.

“COVID-19”ga nodavlat tibbiyot muassasalarida ham tahlil topshirish mumkin.

24 iyundan boshlab davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolar uchun ushbu  infeksiyaga tahlil topshirishda ixtiyoriy, pullik asosda nodavlat tibbiyot tashkilotlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

Koronavirus infeksiyasini laborator sharoitida aniqlash narxini nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi.

Charter

O‘zbekiston Transport vazirligi fuqarolarni xorijdan olib kelish uchun tashkil qilinadigan navbatdagi charter reyslar ro‘yxatini e’lon qildi. 22-iyundan 5-iyul kunlari davomida 21 ta reys tashkil qilinadi.

To‘liq ro‘yxat.

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning 188 ta davlatiga yetib bordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 9 milliondan oshdi, 476 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQSh (2,3 mln), Braziliya (1,1 mln), Rossiya (591 ming).

Yangiliklar lentasi
0