18:35 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
492 0 0

Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda oʻrganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga kirishildi.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Buxoro viloyati masʼullari karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga oʻz ishini topib berishlari kerak, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston prezidentining Xalq qabulxonasi.

"Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 11 ming 444 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish oʻrni va barqaror daromad manbaiga ega boʻldi. Yillik rejaning 85,5 foizdan ortigʻi uddalangani esa dastlabki marra, xolos. Endigi vazifa esa karantin davrida ish oʻrnini yoʻqotgan yoki xorijdagi muhojirlikdan qaytgan 5,3 mingdan ziyod yoshlarga oʻz ishini topib berishdan iborat", - deyiladi xabarda.

Viloyatdagi ana shunday ishsiz yoshlar, ular bilan ishlashga masʼul mutasaddilar bilan muloqotda bu borada Buxoroda hali ishga solinmagan imkoniyat-u salohiyat katta ekani taʼkidlandi.

Uch kun ichida barcha tuman-shaharlarda oʻrganishlar olib borilib, ish beruvchilar va ishsiz yoshlar kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga kirishildi.

Deylik, ayni paytda katta qurilish maydoniga aylangan Buxoro shahrining oʻzida koʻp qavatli 157 ta uy, 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari qurilmoqda. Mana shu qurilish jarayonining oʻzida esa qurilish-pudrat tashkilotlari qariyb 430 dan ziyod boʻsh ish oʻrniga ega: qay biriga gʻisht teruvchilar, kimgadir paydvandchilar, yana boshqasiga suvoqchilar kerak. Viloyatda esa shu ishlarni eplaydigan, xorijdagi katta qurilish maydonlarida chiniqqan va ayni paytda ishsiz yoshlar kam emas.

Ilk muloqot 82 ta qurilish tashkiloti rahbarlari 180 nafar ishsiz yoshlar oʻrtasida kechdi. Natijada dastlabki kunning oʻzida qariyb 100 nafar yigit sharif shahardagi qurilish obʼyektlariga ishga qabul qilindi.

Buxorolik Javohir Arabov ham ayni togʻni ursa talqon qiladigan yoshda. Payvandchilikda tajribasi bor, malakasi yetarli. Anchadan beri muqim ish topa olmayotgan Javohir mana endi “Buxoro siti” loyihasi doirasidagi yirik savdo majmuasi qurilishida oʻz ishini topdi.

Darvoqe, bu yil Buxoro shahridagi 866 ta savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari qurilib, ishga tushirilgach, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Birgina mana shu "Buxoro siti" tarkibidagi "Karvon shopping" savdo majmuasida 3 mingga yaqin doimiy ish joyi ochiladi. Ularning aksariyatida yoshlar ish boshlaydi.

 

Asosiy mavzular