Rossiyada MDH davlatlari bilan parvozlarni qayta tiklash taklif qilindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishSamoleti aviakompanii "Rossiya" na stoyanke v aeroportu Sheremetyevo
Samoleti aviakompanii Rossiya na stoyanke v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rosaviatsiya xalqaro parvozlarni qayta tiklash rejasini tayyorladi va cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni taklif qildi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Rosaviatsiya xalqaro parvozlarni qayta tiklash rejasini tayyorladi va cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlashni taklif qildi.

Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Beshinchi iyulgacha tashkil qilinadigan charter reyslar jadvali e’lon qilindi

Ushbu masala yuzasidan Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradko Rospotrebnadzod va bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga xat yubordi. Uning fikriga ko‘ra, hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, boshqa davlatlar, birinchi galda MDH davlatlar bilan parvozlarni tiklash zarur.

Golikovaning kotibiyati parvozlarni ochish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi. Biroq, yakuniy qarorlar boshqa davlatlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston transport vazirligi Rossiya bilan havo qatnovini qayta tiklashni iyul-avgust oylarida rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0