O‘zbekistonda koronavirus: 25-iyun asosiy xabarlari

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTestirovanie na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 192 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4 877 nafarga yetdi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Bir sutka davomida 276 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7 177 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 5 nafar Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 192 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni  4 877 nafar.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 280 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

20-chi o‘lim

Surxondaryo viloyat Denov shahrida vafot etgan bir nafar bemorda koronavirus tasdiqlandi.

59 yoshli ayol B.X. so‘nggi 5-yildan buyon ikki tomonlama o‘pkaning o‘tkir bronxopnevmoniyasi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shu yilning 19-iyun kuni uning murojaatiga ko‘ra olingan namunada koronavirus infeksiyasi mavjudligiga gumon qilingan va bemor tez yordam mashinasida tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorga ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordam va reanimatsion muolajalarga qaramasdan u yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

500 million

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar Kengashi budjetni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida moliyaviy mablag‘ ajratishni ma’qulladi. Ajratilgan moliyaviy mablag‘ pandemiya davrida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashi hamda aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Birinchi mahalliy IVL

O‘zbekistonda birinchi IVL apparati ishlab chiqarildi. Rossiyaning "Texnopolis Moskva" – "Xirana+" kompaniyasi (Chirana Asia – Yashnaobod texnoparki  tarkibiga kiradi) hamkorligida respublikada birinchi o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparati ishlab chiqarildi. Yil oxiriga qadar respublikada kamida 100 ta IVL apparatini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Volgograd universitetdagi holat

Volgograd davlat agrar universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallikka chalingan 10 nafar talaba COVID-19 dan davolanishga ixtisoslashgan shahar shifoxonasiga yotqizildi.

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar Volgograd davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida karantinga olingan.

Futbol: o‘rtoqlik bellashuv

O‘zbekiston futbol terma jamoasi sentabr oyida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. O‘yin 4-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 9,44 milliondan oshdi, 483 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,4 mln), Braziliyada (1,2 mln), Rossiyada (606 ming).

Yangiliklar lentasi
0