18:57 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Pop tumanidagi “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Pop tumanidan boshlandi. Davlat rahbari dastlab bu yerda barpo etilgan “Nuran uz” meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati. 

Pop Namangan viloyatining hududi jihatidan eng katta tumani. Prezidentning foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjalik yerlarini oborotga qaytarish toʻgʻrisidagi tegishli qaroriga muvofiq, tumandagi unumsiz toshloq yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera

Dasturga asosan “Nuran uz” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Pop tumanidagi adirliklardan iborat 1 ming 885 gektar oʻzlashtirilmagan yerda meva-sabzavotchilik klasteri tashkil etildi. Joriy yilning bahorida 100 gektarga oʻrik, 70 gektarga gilos koʻchatlari ekildi, 12 gektar yerda uzumzor barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera

Ispaniyadan keltirilgan “Magador”, “Maryblon 29c”, “Flopria” navli oʻrik koʻchatlari hosildor boʻlib, ikki oyligidayoq nishona koʻrsatdi. Bu bogʻ kelasi yildan toʻliq hosilga kiradi va gektaridan 70 tonnagacha meva beradi. Bu gektariga 50 ming dollarlik meva eksport qilish mumkin degani.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera

Klaster egalari shu bilan cheklanib qolmasdan, bogʻ qator oralariga qovun, tarvuz ekdi. Ayni kunlarda gʻarq pishgan shirin-shakar tarvuz-qovunlar Rossiya va boshqa bozorlarga eksport qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu plodoovoщnogo klastera

Qirq yillar mobaynida samarasiz yotgan yerlarda intensiv bogʻ yaratishga innovatsion asosda yondashilgan, suvni tejaydigan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgan. Ushbu mexanizmni klasterning oʻzi yaratgan boʻlib, bu 50 foiz mablagʻni tejash imkonini bergan. Buning uchun 180 metr chuqurlikdan suv chiqariladigan 4 ta quduq qazilgan, tortib olingan suv shu yerdagi hovuzda toʻplanadi. Toʻliq kompyuterlashtirilgan tizim chanqagan yerlarga avtomatik tarzda suvni yuboradi. Yaʼni, hamma ish inson omilisiz, kompyuter orqali boshqariladi.

Bu – ikki bosqichli loyihaning dastlabkisi boʻlib, 2021-2022 yillarga moʻljallangan keyingi bosqichda yana 1 ming 455 gektar yer oʻzlashtiriladi.

Loyiha toʻliq amalga oshirilgach, 350 ta ish oʻrni yaratiladi, yiliga 10 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

Davlat rahbari bogʻni koʻzdan kechirdi, shu yerda nuroniylar, qishloq xoʻjalik xodimlari bilan suhbatlashdi.

Namangan viloyatida tumanlarni muayyan qishloq xoʻjalik ekinlariga ixtisoslashtirish, jumladan, Kosonsoy, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarini bogʻdorchilikka yoʻnaltirish lozimligi qayd etildi.

“Boshqa yoʻlimiz yoʻq. Yerimiz jannat, bundan foydalanib, Namanganni boshqa hududlarga namuna qilishimiz kerak, odamlarni uygʻotishimiz lozim. Yilma-yil foydalanish sharti bilan yerini, urugʻini, koʻchatini, mablagʻini beramiz, qolgan harakat odamlarning oʻzidan boʻlishi kerak. Shunday qilmasak ertaga natijamiz boʻlmaydi,” - dedi prezident.

Shu yerda Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga oid loyihalar, istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Davlat rahbari qishloq xoʻjaligiga bunday yangicha yondashuv Oʻzbekistonning yangi qirralarini, yangi imkoniyatlarini amalda namoyon etadigan tizim boʻlishi darkorligini taʼkidladi.

Mutasaddilarga tumanlarni muayyan ekin turlariga ixtisoslashtirish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish, bunda har bir hududning iqlimi, imkoniyatlarini hisobga olish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Asosiy mavzular