23:58 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
266 0 0

RF Federal migratsiya markazi rahbarining sobiq oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin respublika fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish maqsadida Oʻzbekistonda koʻp funktsiyali migratsiya markazini ochish borasidagi tashabbus yuzasidan izoh berdi.

Oʻzbekiston hukumati respublikada Rossiya Federatsiyasining koʻp funktsiyali migratsiya markazini tashkil qilishni istamoqda, bu markaz "Rossiya Federatsiyasi hududlari va yirik ish beruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilish orqali Oʻzbekiston fuqarolarining bandligini tashkil etuvchi operator funktsiyani bajaradi”.

Ushbu masalani Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzoqov Rossiya Federatsiyasi bosh vazir oʻrinbosari Aleksey Overchuk, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan ikki tomonlama uchrashuvida muhokama qildi.

Ayni paytda respublikada Rossiyaga ishlash uchun ketayotgan fuqarolar uchun yagona migratsiya markazi faoliyat koʻrsatmoqda.

RF FMM rahbarining sobiq oʻrinbosari Vyacheslav Postavnin taʼkidlashicha: asosiysi, Oʻzbekiston hukumati yangi markazdan nimani olishni istamoqda. Uning fikricha, ikkita yoʻl bor.

"Birinchisi, Rossiyadan mustaqil ravishda migrantlarga yordam berish boʻyicha Oʻzbekistonda markaz ochiladi. Bu holatda pul sarflanadi, mutaxassislarni tayyorlash uchun infratuzilma yaratiladi. Markaz xodimlari migrantlar uchun ish qidirmaydi, ammo ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini nazorat qiladi, oʻz fuqarolarining huquqlarini himoya qiladilar", - dedi u.

Ikkinchi yondashuv, Postavninning soʻzlariga koʻra, ish qidirish boʻyicha markazni tashkil qilish. Bu yerda eng muhim masala – hujjatlarni rasmiylashtirish.

"Agar markaz nafaqat ish topib berib, odamga bunday kompaniya uni Rossiyada kutayotganini aytsa, balki patent olish, til imtihonidan oʻtish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda yordam bersa – shunda foydali ish boʻladi", - dedi u.

Ekspert patent rasmiylashtirish huquqini boshqa mamlakatlarga oʻtkazish boʻyicha takliflar boʻlganini eslatdi, bu uning fikriga koʻra notoʻgʻri.

"Bu huquqni berish mumkin emas", - dedi Postavnin.

"Har qanday koʻzga koʻrinmaydigan holatlarda, uning maʼnosini oʻzgartiradigan detallar boʻladi. Vakolatlarni aniq ifodalab, yozib chiqish kerak. Hammasi unchalik oson emas”- deydi ekspert.

Asosiy mavzular