21:56 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
185 0 0

Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalari vatanga olib kelindi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan 220 nafar talabalar Moskvadan Toshkentga charter reys bilan olib kelindi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, vatanga Toshkent temir yoʻl muhandislari institutining N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Moskva poʻlat va qotishmalar instituti, Rossiya transport universiteti, Sankt-Peterburg davlat temir yoʻl transporti universiteti, Omsk davlat temir yoʻl muhandisi universiteti va Moskva arxitektura institutida tahsil olayotgan bakalavr, magistr va aspirantlari qaytgan.

Barcha talabalar Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi. 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib beradi. Uch mahal issiq ovqat, onlayn tarzda oʻqishni davom ettirayotgan talabalar uchun yuqori tezlikdagi internet xizmati mavjud.  14 kunlik karantin davridan soʻng barcha talabalar uylariga yuboriladi.

Shuningdek,  yaqin kunlarda Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida tahsil olayotgan yana 102 nafar talabaning vatanga olib kelishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Teglar:
talabalar, Oʻzbekiston, Rossiya, karantin, koronavirus

Asosiy mavzular