06:48 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
22520

“Agrobank” va Xalq banki qonun talablariga rioya qilmagan holda mijozlarning hisobvaraqlariga mablagʻ kiritib qoʻyganlik uchun komissiya toʻlovlarini undirgan

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki “Agrobank” va Xalq bankini isteʼmolchilar huquqlarini buzganlik uchun jarimaga tortdi.

Bank matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu banklar qonun talablariga rioya qilmagan holda mijozlarning hisobvaraqlariga mablagʻ kiritib qoʻyganlik uchun komissiya toʻlovlarini undirgan.

Shuningdek, banklarning axborot stendlarida notoʻgʻri va ahamiyatsiz (dolzarb boʻlmagan) maʼlumotlar joylashtirilgan, kredit shartnomasi shartlariga amal qilmagan holda, kredit toʻlovlari boʻyicha penyalar hisoblangan va boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Natijada ushbu banklarga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanktsiyalari qoʻllanilgan.

Asosiy mavzular